Sertifikat shablonini yuklang, ism turadigan joylarni belgilang, ro'yxatni yuklang. Sayt har bir o'quvchi uchun arabcha va kirillcha ism yozilgan sertifikat tayyorlaydi.
Ramkalarni sichqoncha bilan suring, burchagidan tortib o'lchamini o'zgartiring. Ism ramka ichiga sig'masa, o'zi kichrayadi.
Familiya birinchi yozilgan bo'lsa ham, sertifikatda avval ism, keyin familiya turadi. Ismi yoki familiyasi yo'q, xato yozilgan qatorlar "Tekshirish kerak" bo'limiga tushadi va ularga sertifikat chiqmaydi. Har bir katakni qo'lda tuzatish mumkin.